🎭
• Moliyaviy ko'mak kamligi — erta bosqichda so'nishi
• Ishonchsizlik va targ'ibot sustligi
• Kraudfanding bilimi yetishmasligi
INNO texnopark tovar sotmaydi. Kupon — bu uskuna va maydonlardan cheklangan miqdorda foydalanish huquqi. Xomashyoni homiy o'zi olib keladi.
🎭
⚙️
✂️
Homiy 500 000 so'm tikadi → 1 000 000 so'mlik foydalanish huquqi kuponini oladi → INNO texnoparkda uskunadan foydalanadi.
Sanoat o'z muammosini kiritadi. Jamoa yoki yakka shaxslar shu muammoga yechim sifatida loyiha kiritadi.
10 ta loyiha bir-biriga taklif yuborib round tashkil qiladi va navbat bo'yicha birgalikda moliyalashadi.
Jamiyat hayotini yaxshilash va tabiatga qaratilgan loyihalar. Homiy sertifikat oladi.
Tijoriy loyihalar. Homiy sertifikat, sovg'a va imkoniyat kuponlarini oladi.
• Loyihalar uchun moliyaviy ko'mak kamligi — ularning erta bosqichda so'nishi;
• Mahalliy kraudfanding urinishlarida ishonchsizlik yoki targ'ibot sustligi;
• Bazi g'oya bosqichidagi loyihalarda qo'llab-quvvatlash pastligi;
• Kraudfanding platformalarini yetarlicha qo'llab-quvvatlanmasligi;
• Ko'pgina loyihalarning rahbarlarida kraudfanding bilimi yo'qligi;
• Homiy loyihaga pul tikadi → INNO imkoniyat kuponini oladi;
• Kupon bilan INNO texnopark uskunasidan yoki maydonidan foydalanadi;
• Loyiha oldindan moliyalanadi va INNO texnopark bazasida amalga oshiriladi;
• INNO texnopark bo'sh quvvatini daromadga aylantiradi;
• Loyihalar ESCROW tamoyili asosida ko'mak olishi ta'minlanadi;
Asosiy g'oya: Jamiyatga foydali ijtimoiy loyihalarni ham tijoriy loyihalar kabi keng ko'lamli qo'llab-quvvatlash, homiylar o'z biznesiga kerakli real imkoniyatni olishiga imkon yaratish, jamiyat orasida investitsion muhitni va investorlikni keng targ'ib qilish va foydali xayriya loyihalariga jalb qilish orqali o'zaro qo'llab-quvvatlashni keng targ'ib qilish.
Muhim: INNO TEXNOPARK mahsulot ishlab chiqarib bermaydi va tovar sotmaydi. Kupon — bu uskuna va maydonlardan cheklangan miqdorda foydalanish huquqi. Kupon biror tovar ishlab chiqarishga berilgan taqdirda xomashyoni homiy o'zi olib keladi.
| Imkoniyat turi | Nima beriladi | Misol |
|---|---|---|
| 🎭 Tadbir uchun joy | Amfiteatr yoki zaldan bir martalik tadbir uchun foydalanish huquqi | Mahsulot taqdimoti, seminar, trening |
| ⚙️ Uskuna ijarasi | Ma'lum turdagi texnika va apparatdan belgilangan miqdorda foydalanish | Lazer stanogida 4 soat, 3D printerda 10 soat |
| ✂️ Ishlov berish | Homiy o'z materialini olib keladi, INNO texnopark uskunasida ishlov beriladi | Ma'lum miqdordagi temir yoki yelim mahsulotlarini buklash/kesish yoki gravirovka qilib berish |
| 🔬 Laboratoriya | Sinov va o'lchov jihozlaridan foydalanish huquqi | Namuna sinovi, sifat tekshiruvi |
Loyihaga 500 000 so'm tikadi.
1 000 000 so'mlik foydalanish huquqi kuponi.
O'z materialini olib keladi, uskunadan foydalanadi.
Yig'ilgan mablag' loyiha bilan shartnoma asosida texnoparkga yo'naltiradi.
| INNO texnopark iqtisodiyoti | Summa |
|---|---|
| Homiy to'lovi | +500 000 |
| Marjinal xarajat elektr + amortizatsiya + operator nazorati | −200 000 |
| Xomashyo | 0 — homiyniki |
| INNO sof natijasi | +250 000 |
Prays-listdagi +250 000 so'm bu Loyihaga homiy tomonidan berilgan pul. Bu pul shartnoma asosida loyihani INNO texnoparkda amalga oshirish uchun texnopark hisobiga tushiriladi, buning evaziga texnopark xizmat ko'rsatadi.
1. Homiy to'lovi har doim marjinal xarajatdan yuqori bo'ladi — kurs har bir uskuna turi uchun alohida hisoblanadi;
2. Kuponlarga oylik kvota belgilanadi.
Sanoat o'z muammosini kiritadi.
Jamoa yoki yakka shaxslar shu muammoga yechim sifatida loyiha kiritadi.
Loyihalar platformada moliyalashtiriladi.
Homiy evaziga INNO imkoniyat kuponini oladi — uskuna vaqti, tadbir maydoni yoki ishlov berish huquqi.
Loyihalar bir-biriga taklif yuboradi. 10 ta loyiha to'planganda round boshlanadi.
Har bir loyiha, qaysi yo'nalishda bo'lishidan qat'i nazar, o'z hisobiga pul yig'averadi.
Tizim random tartib tanlaydi. Loyiha umumiy summadan bo'lingandagi ulushni hisobida yig'gach, tizim pulni avtomatik birinchi loyiha hisobiga o'tkazadi.
Bu pul tizimda boshqalarga ko'rinmaydi — faqat shaxsiy kabinetlarda ko'rinadi.
Har bir loyihaga kerakli summa yig'ilguncha shu tartibda davom etadi.
Oxirgi loyiha ham roundda belgilangan summani hamma loyihalardan olib bo'lgach, tizim pullarni hammaning hisobida ko'rinadigan qiladi va round muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi.
Bu bo'limda ijtimoiy loyihalar o'rin oladi. Istalgan odam ularni qo'llab-quvvatlashi mumkin.
Ular jamiyat hayotini yaxshilashga va tabiatga qaratilgan loyihalardan iborat bo'ladi.
| Homiy nima oladi |
|---|
| 📜 Sertifikat |
Har bir loyiha hujjatlashtirilgan foto-hisobot beradi. Mablag' bosqichma-bosqich sarflanadi.
Bu bo'limda tijoriy loyihalar o'rin oladi. Moliyaviy manba kiritganlik evaziga odamlar sertifikat va sovg'alar olishadi.
Summa kattalashgan sari kattaroq summali kuponlar va imkoniyatlar taqdim etiladi.
| Hissa | Homiy nima oladi |
|---|---|
| Kichik summa | Sertifikat |
| O'rta summa | Sertifikat + sovg'a |
| Katta summa | Sertifikat + sovg'a + kattaroq summali imkoniyat kuponi |
Mahalliy kraudfandingning o'ldiruvchisi — pul emas, ishonchsizlik. To'rt mexanizm birgalikda aynan shu to'siqni buzadi.
Har kampaniyadan 1–5% maxsus platforma hisob raqamiga o'tkaziladi.
Yig'ilgan pul bir yo'la berilmaydi. Platforma uni bosqichlarga bo'lib o'tkazadi va nazorat qiladi.
Har bosqichda foto va hujjat bilan tasdiqlangan hisobot. Hisobot kelmasa — keyingi bosqich to'xtatiladi.
Homiylar INNO texnoparkga kelib, loyiha jamoasi bilan tanishadi va natijani o'z ko'zi bilan ko'radi.
Escrow: mablag' shart bajarilgunga qadar ishonchli hisobda saqlanadi va faqat platforma nazorati ostida loyihaga o'tkaziladi.
| Holat | Platforma komissiyasi |
|---|---|
| Loyiha INNO texnopark bilan shartnoma tuzgan | 4% |
| Loyiha INNO texnopark bilan shartnoma tuzmagan | 5% |
Shartnoma asosida yig'ilgan pulning bir qismi (4% yoki 5%) platformaga o'tadi. Qolgani bosqichma-bosqich loyihaga sarflanadi — platforma pulni loyihaga o'tkazib berib, sarflanishini nazorat qiladi.
Matching degani — loyiha jamoat tomonidan yig'gan mablag'ga davlat yoki homiy tashkilotning o'z tomonidan qo'shimcha mablag' qo'shib berishi.
Davlatning "1+1" mexanizmi shu tamoyilda ishlaydi: loyiha 10 mln so'm yig'sa, davlat yana 10 mln so'm qo'shadi — loyiha jami 20 mln so'mga ega bo'ladi.
EBRD "Youth in Business" (35 yoshgacha tadbirkorlar), ADB, Islom taraqqiyot banki — ular uchun platforma tayyor tarqatish kanali bo'lishi mumkin.
| Daromad manbai | Miqdori |
|---|---|
| Komissiya — loyiha INNO bilan shartnoma tuzgan | 4% |
| Komissiya — shartnoma tuzmagan | 5% |
| INNO imkoniyat kuponidan olinadigan marja har 500 000 so'mlik kupondan | +250 000 |
Platforma yig'ilgan pulni o'zida ushlab qolmaydi: komissiyani ayirib, qolganini bosqichma-bosqich loyihaga o'tkazadi va sarflanishini nazorat qiladi.
Platforma ishga tushadi. Circle, Need, Merit yo'nalishlari ochiladi. INNO imkoniyat katalogi va kupon qiymatlari belgilanadi.
Round Funding ishga tushadi — navbat tizimi, shaxsiy kabinet va avtomatik o'tkazma mexanizmi joriy etiladi.
Imkoniyat katalogi kengaytiriladi, yangi uskuna va maydonlar qo'shiladi, hamkor tashkilotlar ulanadi.
| Nima o'lchanadi | Nima uchun |
|---|---|
| Muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar soni | Platforma haqiqatan natija berayotganini ko'rsatadi |
| Berilgan imkoniyat kuponlari soni | INNO texnopark bo'sh quvvati qanchalik ishga tushganini ko'rsatadi |
| Muvaffaqiyatli yakunlangan roundlar soni | Round mexanizmi ishlayotganini ko'rsatadi |
| Qaytib kelgan homiylar ulushi | Kupon tizimi homiy uchun qiymatli ekanini ko'rsatadi |
To'rt yo'nalishli kraudfanding platformasi. Pul tikkaningiz evaziga INNO Technopark uskunalari va maydonlaridan foydalanish huquqini olasiz.
Loyiha qadoqlash materialini kesish sxemasini qayta hisoblab, qoldiq miqdorini kamaytiradi. Yechim INNO Technopark bazasida sinovdan o'tkaziladi va konxonaga topshiriladi.